English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport vaziri faol xotin-qizlar bilan uchrashdi
15:39 / 2026-03-04

Sport vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport vaziri Adham Ikromov va sohadagi faol xotin-qizlar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarga "Olimpiya shaharchasi" sport inshootlari hamda sportchilarimiz qo‘lga kiritayotgan tarixiy yutuqlar haqida videorolik namoyish etildi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning qadri va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xususan, Prezident farmon va qaroriga muvofiq, 3 nafar sportchi va murabbiy xotin-qizlar hamda 4 nafar sportchi qiz yuksak mukofotlarga munosib ko‘rilgani alohida ta’kidlanib, ular erishayotgan natijalar ko‘plab xotin-qizlarga namuna ekani qayd etildi.  

Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ommaviy sport tadbirlarida xotin-qizlarning ishtiroki 60 foizni tashkil etmoqda, professional sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar ulushi esa 28 foizdan oshgan. Milliy terma jamoa tarkibidagi ayollar soni 4 500 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida gimnastika bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi”, “Ayollar spartakiadasi”, “Sport — salomatlik va nafosat manbai”, “Gimnastrada” kabi musobaqalar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbir davomida soha faollari sportni yanada rivojlantirish va unda ayollar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Muloqot yakunida bir guruh xotin-qizlar vazirlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar "Olimpiya shaharchasi" hududida joylashgan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Nigora Rahmonova, O‘zA