Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport va kitobxonlik musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi
15:22 / 2021-12-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi oilalar o‘rtasida «Sog‘lom va barkamol oila» shiori bilan o‘tkazilgan sport va kitobxonlik musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Tadbir davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Turizm va sport, Madaniyat hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari qo‘shma qaroriga muvofiq o‘tkazilgan musabaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 17 ta oila vakillari ishtirok etdi.

Ular sport musobaqalarida quvnoq startlar, ovchilar o‘yini, epchillar, kuchlilar, badminton, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi shartlarda kuch sinashgan bo‘lsa, kitobxonlik yo‘nalishida ishtirok etgan oilalar o‘zlarini va oilasini tanishtirib, o‘qigan kitoblari bo‘yicha berilgan savollardan bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbir yakunida sport yo‘nalishidan Sho‘manoy tumanidan Ataniyazovlar oilasi, kitobxonlik yo‘nalishida Kegayli tumanidan Utarboyevlar oilasi birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar toshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA