Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
17:14 / 2026-01-28

Mamlakatimiz sportchilarini joriy yil davomida bir qator nufuzli musobaqalar, jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar, yozgi Osiyo o‘yinlari kabi yirik sport tadbirlari kutib turibdi.

Xo‘sh, xorijiy mamlakatlarda o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ishlari qay tartibda olib borilmoqda? O‘tgan yili yurtimiz yoshlariga haqiqiy sport bayramini tuhfa etgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” o‘yinlari bu yil qanday ko‘rinishda tashkil etiladi? Jismoniy tarbiya va sport sohasida raqamlashtirishga xizmat qilishi belgilangan "ERP" sport platformasi faoliyatida uzliksizlikni ta’minlash ishlari qoniqarlimi?

Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov raisligida o‘tgan yig‘ilishda  mazkur masalalar atroflicha muhokama qilindi. Nufuzli musobaqalarda yangi O‘zbekiston qiyofasini yorqin namoyish etish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tegishli bo‘lim rahbarlari, sport federatsiyalar va assotsiatsiyalarning mutasaddilari qatnashgan yig‘ilish jarayonida har bir yo‘nalish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi. Mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish davomida joriy yilgi “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarini o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, musobaqalar nizomini qayta ko‘rib chiqish, o‘tgan mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlash zarurligi aytib o‘tildi.

Joriy yilgi milliy chempionatlar, xalqaro turnirlarda terma jamoalarning munosib ishtirokini ta’minlashda sport federatsiyalar va assotsiatsiyalarning mas’uliyatini oshirish, ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflashda shaffoflikka erishish zarurligi tahlil etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA