Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: takliflar, mulohazalar va vazifalar
15:41 / 2026-03-04

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, adaptiv sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov, Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mutasaddilari, sport ta’lim muassasalari direktorlari, maxsus maktab-internatlarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, adaptiv sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi.

Yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport maktablarida tashkil etilayotgan adaptiv sport guruhlariga jalb etish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar adaptiv sportni rivojlantirish orqali yoshlarning salomatligini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirdi. 

Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali va tizimli yo‘lga qo‘yish, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirish muhim ekanligi, bu borada joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA.