French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sohasiga xususiy sektor jalb etiladi
08:36 / 2026-02-11

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasida Iqtisodiyot va moliya hamda sport vazirliklari, MOQ, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddi rahbarlari ishtirokida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va raqobat muhitini shakllantirish kabi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda sport sohasini barqaror rivojlantirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda xususiy sektorni jalb etish, homiylik ko‘maklarini ko‘rsatish tashabbusida bo‘lgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga turli imtiyozlar berish, tashabbuskor tadbirkorlarni sport federatsiyalarining ijroqo‘m a’zoligiga saylash kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv davomida joriy yilda federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini, shuningdek, milliy terma jamoalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar sportchilarning tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish, xalqaro musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish orqali zamonaviy menejment va raqobat muhitini shakllantirish, sport sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va shaffof yo‘naltirilishini ta’minlash, shuningdek, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA