French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar e’tirof etildi
17:04 / 2026-03-06

Bahor faslining eng go‘zal bayramlaridan biri — 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda har yili keng nishonlanadi.

Zero, oila va jamiyat ustuni, hayotimiz fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan yuksak qadriyat hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Sport vazirligida ham ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda sport vaziri Adham Ikromov, vazirlik xodimlari hamda sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Vazir tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega ekanini alohida ta’kidladi.  

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining barcha jabhalarida, xususan sport sohasida ham yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

Joriy yilda 8-mart bayrami arafasida davlatimiz rahbarining tegishli farmonlariga muvofiq qator sportchi va murabbiy ayollar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan, sportchi-murabbiylar Yuliya Boboyeva va Xurshida Xalikova “Sog‘lom turmush” medali, para yengil atletikachi Madina Muxtorova “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, sportchi-qizlar Laziza Haydarova, Gulshanoy Ismoilova, Amaliya Mamedova va Anastasiya Saranseva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sinxron suzish bo‘yicha oliy toifali murabbiy Galina Krasnova esa “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, vazirlikda faoliyat ko‘rsatayotgan yigitlar milliy madaniyatimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy liboslarda xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga iliq tilaklar izhor etdi. Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi.

Nigora Rahmonova, O‘zA