Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sohasi mutaxassislari mukofotlandi
15:25 / 2022-12-06

Sportni rivojlantirish vazirligining bir guruh xodimlari "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi, davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz bayrami arafasida sport sohasi mutaxassislari Avazjon Karimov, Faxritdin Abdukarimov, Bobur Hamroyev, Isomiddin Po‘latov, Sharifjon Mo‘minjonov va Mirjamol Yunusov mukofotlarga loyiq ko‘rildi.  

Yosh avlodni Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislarga mukofotlarni sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov topshirdi.  

O‘zA