Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Sergey Fominning Fujayradagi uchrashuvi bekor qilindi
11:25 / 2026-03-05

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida tennis bo‘yicha o‘tayotgan "Chellenjer" turniri ushbu shaharda joylashgan tennis kortlariga yaqin joyda portlashlar sodir bo‘lgani sababli o‘tkazilmadi.

Musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin  ishtirok etishi va u birinchi davrada rossiyalik Pyotr Biryukovga qarshi o‘yin o‘tkazishi kutilayotgan edi. Biroq notinch vaziyat sababli turnirdagi barcha uchrashuvlar bekor qilindi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) Fujayradagi turnirning barcha ishtirokchilarini bepul evakuatsiya qilinishi haqida xabar bergan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA