Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish inson salomatligi uchun nihoyatda ahamiyatli ekanini pandemiya davri ko‘rsatdi.
Shu bois mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qaror ijrosi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan fond xodimlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Qarshi shahridagi o‘yingohlarda bo‘lib o‘tgan mini futbol bahslarida musobaqaning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va murosasiz bellashuvda “Saxovat” jamoasi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zA.