Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport salomatlik garovi
21:40 / 2020-02-04

Namanganda viloyat prokurori kubogi uchun karting va havo qurolidan oʻq otish boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.


Namanganda viloyat prokurori kubogi uchun karting va havo qurolidan oʻq otish boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar“ tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan viloyat prokuraturasi, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etgan musobaqada yuzga yaqin sportchi ishtirok etdi.

photo5316663535692000622.jpg

– Viloyatimiz yoshlari orasida karting va oʻq otish sportiga qiziqish tobora ortib bormoqda, – deydi “Vatanparvar“ tashkiloti viloyat kengashi raisi A.Alaxoʻjayev. – Shu boisdan sportning bu turlari boʻyicha viloyat birinchiliklarini oʻtkazish muntazam yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, deyarli barcha umumxalq bayramlari yoki boshqa muhim sana shunday musobaqasiz oʻtmaydi. Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi birinchilik ham sportning bu turlariga yangi isteʼdodlarni jalb etishi muqarrar.

Uchqoʻrgʻon tumani oʻquv sport texnika klubining kartadromida tashkil etilgan karting poygasida yoshlar va kattalar oʻrtasida Uychi tumani Oʻquv sport texnika klubi aʼzolari Ya.Egamberdiyeva hamda A.Egamberdiyev gʻolib chiqdi.

photo5316663535692000624.jpg

Havo miltigʻidan oʻq otish musobaqasida oʻsmir qizlar oʻrtasida viloyat Texnik va amaliy sport turlari markazi aʼzolari Sh.Poʻlatova va oʻsmirlar oʻrtasida A.Abduvohidovga teng keladigan raqib chiqmadi.

Havo toʻpponchasi merganlik bahsi ayollar oʻrtasida Namangan shahar Oʻquv sport texnika klubi aʼzosi K.Isʼhoqova hamda erkaklar oʻrtasida viloyat Texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi aʼzosi M.Kamolov gʻalabasi bilan yakunlandi.

photo5316663535692000626.jpg

“Vatanparvar“ tashkilotining sport texnikalari koʻrgazmasi, raketamodel va aviamodel sport seksiyasi aʼzolari tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali parvozlar muxlislarning olqishiga sazovor boʻldi.

Musobaqa gʻoliblari, faol ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

photo5318983213168832075.jpg