Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Safina Polshada yana tengsiz bo‘ldi
09:04 / 2025-06-15

Polshaning Belostok shahrida yengil atletika bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar yadro uloqtirish va balandlikka sakrash, erkaklar esa yadro uloqtirish, balandlikka hamda langar cho‘pga tayanib sakrash bahslarida raqobatlashdi.

Ayollar o‘rtasidagi balandlikka sakrash bo‘yicha bahslarda Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida yuksak natijalar qayd etgan sportchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sa’dullayeva mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.  

Safina  ushbu musobaqada 1.90 metr balandlikka sakrab, musobaqa g‘olibiga aylandi. Mazkur yo‘nalishning kumush va bronza medallari ukrainalik Katerina Tabashnik (1.87 m.) va polshalik Viktoriya Miasoga (1.84 m.) nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, Safina Sa’dullayeva 2024 yilgi musobaqada 1,93 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA