English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport rivojining yangi bosqichi
20:08 / 2016-11-10

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2015-yil 5-sentabrda e’lon qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2015-yil 5-sentabrda e’lon qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, sport sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori Sh.Isroilov va boshqalar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan ezgu ishlar zamirida, avvalo, sog‘lom avlodni shakllantirish maqsadi mujassamligini ta’kidladi.

– Ushbu qonunda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini shakllantirish, yuqori toifali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir talablarni joriy etish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov. – Qonunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan. Soha faoliyatini tashkil etish, milliy sport turlarini rivojlantirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilishga doir normalar, jismoniy tarbiya va sportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi qonuniy mustahkamlangan.

Qonunda sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport toifalarini berish tartibi, me’yorlar va talablar, ularni bajarish shartlarini belgilash, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish, jahon amaliyotida to‘plangan tajriba va yutuqlarni jismoniy tarbiya va sport sohasiga tatbiq qilishga e’tibor qaratilgan.

Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.