Sport: O‘zbekiston rekordi yangilandi
Finlyandiyada yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz O‘zbekiston rekordini yangiladi.
Gap shundaki, sportchimiz Anvar Anvarov musobaqada belgilangan dasturning so‘nggi urinishida 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zi o‘rnatgan mamlakat rekordini 2 santimetrga yaxshilashga erishdi.
Toshkentda o‘tkazilgan bahsda 8,23 metr natija qayd etgan mahoratli sportchimiz Finlyandiya musobaqasida 8,25 metrlik marrani zabt etdi.
Ushbu natija orqali Germaniya turnirida oltin medalgaega chiqqan Anvarovdan keyingi qatorlarni kubalik Aniyel Molina, finlyandiyalik Kristian Pulli Aniyel egalladi.
Musobaqaning balandlikka sakrash dasturida hamyurtimiz Barno Sayfullayeva 1,85 ochko bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA