Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport musobaqalarida tamaki mahsulotlari reklamasi qat’iy ta’qiqlanadi
12:59 / 2019-03-15

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tamaki mahsulotlarini sport musobaqalarida reklama qilinishiga chek qo‘yish kerakligini ta’kidlamoqda.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tamaki mahsulotlarini sport musobaqalarida reklama qilinishiga chek qo‘yish kerakligini ta’kidlamoqda.

2003 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tamaki mahsulotlari iste’moliga qarshi kurashish maqsadida asosiy konvensiya ishlab chiqilgan. 2005 yilda kuchga kirgan konvensiyaga hozirda dunyoning 180 davlati a’zo bo‘lgan.

Tashkilot ekspertlarining qayd etishicha, ko‘plab mamlakatlarda tamaki mahsulotlarini sport tadbirlaridagi homiyligi va reklamasiga qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan, tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalar sport musobaqalari, xususan Formula-1 sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Sport tadbirlaridagi homiylikni qo‘lga olgan tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reklama orqali mahsulotlarini nafaqat sport o‘yinlari o‘tkazilayotgan mamlakat, balki tashrif buyuruvchi va musobaqa tadbiri translyatsiya qilinadigan davlatlar ommasiga ham keng targ‘ib etish imkoniga ega bo‘ladi.

BMT, Jahon sog‘liq saqlash tashkiloti hamda qator xalqaro va milliy tashkilotlar hamkorligida bugungi kunda tamaki mahsulotlari reklamasiga qarshi chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan, yaqinda “British Amerikan Tobakko” tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Formula-1 sport musobaqalari faol ishtirokchisi “Maklaren” jamoasi bilan, “Filipp Morris Interneshnl” kompaniyasi esa “Ferrari” avtomobil va “Dukati” motosikl ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan yirik hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Jahon sog‘liq saqlash tashkiloti ekspertlari sport musobaqalarida tamaki mahsulotlari reklamasini taqiqlash yo‘lidagi harakatlarda mamlakatlar hukumatlarini mas’ul deb hisoblab, ushbu taqiq me’yori buzilgan taqdirda musobaqani efirda namoyish etilishini bekor qilishi haqida ogohlantirmoqda.