Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport malikalari bellashdi
15:52 / 2014-07-24

Termiz shahrida mustaqilligimizning 23-yilligiga bag‘ishlab badiiy gimnastika bo‘yicha Surxondaryo viloyati birinchiligi o‘tkazildi.

Termiz shahrida mustaqilligimizning 23-yilligiga bag‘ishlab badiiy gimnastika bo‘yicha Surxondaryo viloyati birinchiligi o‘tkazildi.

Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor badiiy gimnastikani ham sportning ommaviy turiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan, 2003-yil viloyatda atigi 94 nafar qiz badiiy gimnastika bilan shug‘ullangan bo‘lsa, joriy yilda ularning safi to‘rt mingga yaqinlashib qoldi.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Badiiy gimnastika federatsiyasi viloyat bo‘limi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 6-10 yoshli oltmishdan ortiq qizlar o‘z mahoratini namoyish etdi.

Umumjamoa hisobida Termiz shahri birinchi, jarqo‘rg‘onliklar ikkinchi, Denov tumani vakillari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Eng nafosatli sportchi”, “Eng jozibali sportchi”, “Eng yosh ishtirokchi”, “G‘alabaga intiluvchi ishtirokchi”, “Eng latofatli ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.