Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport maktablariga zamonaviy anjom va formalar topshirildi
17:18 / 2026-01-21

Xovos tumanida yoshlar sportini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tumanning 1- va 2-sonli sport maktablariga zamonaviy sport jihozlari va sport formalari topshirildi.

Tantanali tadbirda jamoaviy va yakka kurash sport turlari, jumladan voleybol, futbol, basketbol, gandbol, boks, kurash va taekvondo kabi yo‘nalishlar uchun zarur anjomlar maktablar ixtiyoriga berildi. Jami 12 nomdagi 844 dona sport jihozlari hamda 2 nomdagi 558 dona sport formalari sportchilar va murabbiylar uchun ajratildi. Bu jihozlar mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda ishtirok etgan Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buronov yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, zamonaviy jihozlar va sport formalari yoshlar uchun mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, sport mahorati va jismoniy tayyorgarlikni oshirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bunday chora-tadbirlar yoshlarni olimpiada va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga undaydi, mahalliy sport salohiyatini mustahkamlaydi va ularning kelajakda milliy terma jamoalar safida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Viloyat sport boshqarmasi rahbariyati sport maktablari rahbarlari, murabbiylar va sportchilar oldiga 2026 yilda respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish, iqtidorli sportchilarni milliy terma jamoalar safida yetkazib berish hamda tajribali mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini belgilab berdi.

Shuningdek, tadbirda tumanda yangi olimpiya sport turlarini tashkil etish va muntazam sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu zamonaviy jihozlar va formalar sportchilarning mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, ularning jismoniy va texnik tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 2026 yilda Xovos tumanida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani kengaytirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan manzilli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu yo‘l xaritasi doirasida sport maktablari uchun zamonaviy jihoz va formalar topshirish kabi vazifalar ham belgilangan va ijrosi esa doimiy nazoratga olinmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri