Sport maktabida 4 ming 600 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda
Zamonaviy sport majmuasida kurash, boks, dzyudo, futbol, yengil atletika kabi sportning 22 turi bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 4 ming 600 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.Zamonaviy sport majmuasida kurash, boks, dzyudo, futbol, yengil atletika kabi sportning 22 turi bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2 oktyabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, maktab mutasaddilari hudud yoshlarini kurash mashg‘ulotlariga yanada keng jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda.