Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport kurashlari: Osiyo chempionatida muvaffaqiyatga erishganlar taqdirlandi
15:09 / 2025-04-20

Joriy yilning 25-30 mart kunlari Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan terma jamoamiz a’zolarining yutuqlari munosib e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda olimpiya sport turlariga berilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida xalqaro musobaqalarda mahoratli sportchi yoshlarimiz katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.

Tadbirda Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati, faxriylar, sportchilar va murabbiylar ishtirok etib, kurashchilarimizning qit’a chempionatidagi ishtiroki ulardan yangi Olimpiya davrida katta natijalar kutish uchun asos bo‘lishini bildirdi.

Taqdirlash marosimida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Assakalovga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek sportchilar, murabbiylar va tibbiyot sohasi mutaxassislari moddiy rag‘batlantirildi. Kurashchi yoshlarga Sport vazirligining bir yillik stipendiya sertifikatlari topshirildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA