Sport kurashlari: Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 4 ta medalli bo‘ldi
Bugun, 12 iyul kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasida davom etayotgan Osiyo chempionatida beshta vaznda erkin kurash bo‘yicha dastlabki bellashuvlar o‘tkaziladi.
Kecha chempionat doirasida ayollar kurashi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Murosasiz bellashuvlar natijasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Nilufar Nurmuhammadova -50 kilogramm vaznda kumush, Nigina Sobirova -62 kilogramm, Muhayyo Narzilloyeva -65 kilogramm, Sevinchoy Polvonova -76 kilogrammda bronza medallariga ega chiqishdi.
Ayollar kurashida ochkolar hisobida hindistonlik kurashchi qizlar yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz kuchli beshlikdan o‘rin egalladi.
Erkin kurash musobaqalari 13 iyulga qadar davom etadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA