“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining boshlanishi yaqinlashgani sayin unda ishtirok etadigan sportchilar qatoriga omadlilar qo‘shilmoqda.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xalqaro sport federatsiyalarining reytingi asosida “Parij-2024”dan joy olishga munosib sportchilar ro‘yxatini e’lon qilmoqda.
Bir necha kun muqaddam yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga munosib ko‘rilgan taekvondochilar, undan keyin og‘ir atletikachilarning so‘nggi ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsa, kuni kecha sport kurashlarida ham “Parij-2024” yo‘llanmasiga munosiblarning oxirgi ro‘yxati e’lon qilindi.
Quvonchli jihati, ayollar kurashi bo‘yicha mahoratli sportchimiz Layloxon Sobirova shunday baxtga erishdi.
-57 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilishi kutilayotgan kurashchi qizimiz Layloxon Sobirova “Parij-2024”dagi sport kurashlari vakillari sonini 8 taga yetishini ta’minladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA