Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport kurashlari: Eshpo‘lat Hidoyatov “Parij-2024” bellashuvlarini boshqaradi
16:00 / 2024-05-31

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat ko‘rsatadigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, ro‘yxatda nomi keltirilgan 50 nafar mutaxassis orasida o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Eshpo‘lat Hidoyatov ham joy olgan.  

Aytish lozimki, "Parij-2024" o‘yinlari Eshpo‘lat Hidoyatov uchun birinchi Olimpiada hisoblanadi. U bugungacha o‘nlab xalqaro turnirlarda, shuningdek 2014 yil Xitoy shimolidagi Nankin shahrida hamda 2018 yil Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida, qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlarida hakam sifatida faoliyat ko‘rsatgan.  

Eshpo‘lat Hidoyatov 2022 yil O‘zbekistonda sport tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tanlovda “Yilning eng yaxshi hakami” sovriniga sazovor bo‘lgan.  

Joriy yilning 20-24 iyun kunlari "Parij-2024"da mehnat qiladigan sport kurashlari hakamlari uchun seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA