Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport kurashchilarimizda 2 ta "Parij-2024" yo‘llanmasi
12:13 / 2023-09-24

Bugun, 24 sentyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi ustalari bir qator vaznlardagi final bellashuvlarida gilamga chiqadi.

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov o‘tish bosqichida Toni Metsomaki (Finlyandiya)/Jan Belenyuk (Ukraina) qarama-qarshiligida kechadigan bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi. Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Berdimuratov mazkur bellashuvda g‘olib chiqsa, bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.  

Kecha o‘tkazilgan bahslarda yunon rum kurashchilarimizdan Islomjon Bahromov 60 kilogramm vazn toifasida bronza medali va "Parij-2024" yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U o‘tish bosqichida dastlab, gruziyalik Pridon Abuladzeni, bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik Mehdi Mohsennajedni mag‘lub etdi.  

Ayish lozim, Islomjon Bahromov ushbu chempionatda Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqan uchinchi kurashchi bo‘ldi. Bungacha Javrail Shapiyev va Aram Vardanyan "Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA