Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport klublari faoliyati talab darajasidami?
17:01 / 2025-06-17

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boshlangan seminar mashg‘ulotlari davomida shu kabi masalalar tahlil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 13 fevralida Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir oliygohda olimpiya sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil etish lozimligi ta’kidlangan edi.

Xo‘sh, bu borada o‘tgan davr mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi? Oliy ta’lim muassasalarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan sport klublarining ish tizimini samarali tashkil etish, talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ommaviy sport musobaqalari sifat jihatdan talabga javob beryaptimi?

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalaridagi Sport klublari rahbarlari ishtirokida boshlangan seminarda mazkur ustuvor vazifalar ijrosi tahlil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan mutaxassislar mamlakatimizda talabalar sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqishda sport klublarining tutgan o‘rni, mavjud muammolar, xalqaro tajribadan keng foydalangan holda mahoratli sportchi-talabalarni tayyorlash lozimligini ta’kidlashdi.

Yuqori malakali sportchilar tayyorgarligining zamonaviy muammolari va yechimlari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish hamda sport faoliyatida muvaffaqiyatning psixofiziologik mezonlari singari mavzularga bag‘ishlangan nazariy va amaliy seminar mashg‘ulotlari 19 iyungacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA