Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport kishini har tomonlama chiniqtiradi
14:16 / 2023-02-06

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi hamda davlat tashkilotlarida xizmat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumaladan, prokuratura organlari xodimlari ishtirokida mini futbol, shaxmat, stol tennisi, suzish, yugurish hamda kurash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi hamkorligida stol tennis bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.  

Namangan muhandislik - qurilish instituti klubida bo‘lib o‘tgan ushbu bellashuvda Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.  

Nizomga ko‘ra, qatnashchilar guruhlarga bo‘lingan holda bir-birlarini sinovdan o‘tkazdi. Har bir o‘yin, raqiblarning shiddatli harakati g‘oyat qiziqarli kechdi. Unda barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan MIB viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Qo‘ziyev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olibdan atigi bir ochko ortda qolgan davlat ijrochisi Oxunjon Dadamirzayev faxrli ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Mutaxassis Abror Mamadaliyev esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor xodimlarga boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, musobaqaning birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblariga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari Namangan viloyati kengashining ikki kishilik dam olish yo‘llanmasi tuhfa etildi.

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA.