Sport: kikbokschilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildi
Sport faqat jismoniy kuch va mahorat emas, balki iroda, matonat va milliy sharafni himoya qilishdir. Har bir sportchi uchun musobaqa maydoni o‘z yurtiga mehr va sadoqatni namoyon qilish joyi va xalqaro arenalarda yurtimizning nomini baland ko‘tarish imkoniyatidir.
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Alimbek Datka xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnir ham yoshlar uchun ana shunday imkoniyatlarning navbatdagisi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston kikbokschilari yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, 11 ta oltin, 9 ta kumush, 13 ta bronza, jami 33 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bu natija nafaqat sportchilarning jasorati va mahorati, balki ularning jiddiy tayyorgarligi va sport sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning samarasidir.
N.Rahmonova, O‘zA