Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport jurnalistikasi to‘g‘risida yangi o‘quv-qo‘llanma yaratildi
11:41 / 2026-01-22

Sport faqat musobaqa yoki rekordlar bilan cheklanib qolmay, jamiyat turmush tarzini belgilab beruvchi muhim ijtimoiy institutga aylandi.

Sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish bilan birga iqtisod, tibbiyot, madaniyat, savdo, hatto davlatlararo munosabatlar tizimiga ham ushbu harakatning faol kirib borishi natijasida sport jurnalistikasining o‘rni va ahamiyati yanada oshib bormoqda.

Sport xabarlari maxsus sport nashrlari yoki telekanallardagina emas, balki barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida doimiy qiziqish uyg‘otadi. Tadbirning maqomi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan jamoatchilik e’tibori ham shunchalik katta bo‘ladi. Bu esa sport jurnalistidan yuqori kasbiy mahorat, xolislik va tahliliy yondashuvni talab etadi.

Yaqinda chop etilgan Muhayyo Saidova muallifligidagi “Sport jurnalistikasi” o‘quv qo‘llanmasi aynan shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda tayyorlandi.  

Qo‘llanmada sport jurnalistikasining asosiy vazifalari, usullari, janrlari va formatlari tizimli ravishda yoritilgan. Ayniqsa, o‘zbek tilida sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan o‘quv adabiyotlari kam ekanini inobatga olsak, mazkur nashr sohani o‘rganayotgan yoshlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Nigora Rahmonova,  

O‘zA