Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport ixlosmandlarining nigohi yana Xitoyning Xanchjou shahriga qaratiladi
09:45 / 2023-10-22

Bugun Xitoyning Xanchjou shahri yana bir nufuzli musobaqa – IV Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

To‘rt yillikning eng nufuzli mazkur musobaqasi boshlanishi oldidan Para atletlar shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Tantanali marosimda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, delegatsiya a’zolari hamda sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Marosimda davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilar ekan, para atletlarimiz qalbida o‘zlari ishtirok etadigan sport turlari bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqib, bayrog‘imizni yanada yuksaltirish istagi jo‘sh urgani shubhasiz.

Umid qilamizki, paralimpiyachilarimiz musobaqalarda  yuqori natijalarni qayd etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA