French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Humoyun Sultonov Kuvayt kortlarida porlamoqda
10:25 / 2026-01-29

Avval xabar berganimizlek, Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Mahoratli tennischimiz musobaqaning  juftlik bahslarida fransiyalik Konstantin Bittoun bilan tandem hosil qilib,  ruminiyalik Robert Guna va gretsiyalik Paylos Sitsipas dueti bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvda Humoyun va Konstantin 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, 1/4 final bosqichiga chiqqan Humoyun va Konstantin yarim final ostonasida mezbonlar vakili Bader Alabdullah va Essa Qabazard bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 29 yanvar kuni Humoyun Sultonov  yakkalik bellashuvlarining ikkinchi davrasida fransiyalik Maksens Rivetga qarshi kortga chiqadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA