French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: “Humo” so‘nggi o‘yinda ham zafar quchdi
12:47 / 2025-02-02

Toshkentning “Humo“ klubi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatining birinchi bosqich so‘nggi uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi.

Aniqrog‘i, poytaxtimiz klubi “Humo arena“ majmuasida Qozog‘istonning “Nomad“ jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa chempionatdagi ushbu g‘alabadan so‘ng “Humo“ ochkolarini 58 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qoldi. “Nomad“ esa 35 ochko bilan 8 pog‘onani egalladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, har ikkala jamoa musobaqaning pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: “Humo” va “Nomad” bugunga qadar jami 18 marotaba to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning 11 tasida “Humo“, 7 tasida “Nomad“ zafar quchgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA