Toshkent va Namangan shaharlarida sport gimnastikasining trampolin va sport yo‘lakchasidan batutda sakrash dasturlari bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
13-14 yoshli o‘g‘il-qizlar orasida Sardor Muhammadiyev va poytaxtlik Svetlana Kasparyan, 15-16 yosh toifasida Erkin Mamatusubov va Jansaya Abdug‘aniyeva hamda 17 yoshdan yuqorilar orasida Mirshohid Hasanboyev va Farangiz Ro‘ziyeva g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Shuningdek, Go‘zaloy Sotiboldiyeva, Ro‘zixon Yursinova, Gulnoza Ergasheva, Serdar Shodiyev, Firdavs Ibragimov, Abror Mahmudov singari yosh gimnastikachilar o‘z yo‘nalishlarida tengsiz ekanini namoyish etishdi.
Medallar jamg‘arish borasida Toshkent shahri va Namangan viloyati vakillari yetakchilikka erishdi.
Endi yakunlangan mamlakat kubogi hamda o‘tgan bir qator musobaqalarda saralangan mahoratli gimnastikachilarimiz joriy yilning 7-10 noyabr kunlari Ispaniyada o‘tadigan jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA