Sport gimnastikasi: Oksana dunyoni lol etishda davom etmoqda
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tayotgan jahon kubogi ikkinchi bosqich saralash bahslarida hamyurtimiz, sport afsonasi Oksana Chusovitina muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Tayanib sakrash musobaqasining ayollar guruhida startga chiqqan 50 yoshli Oksana Chusovitina 13.049 ball bilan final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Final yo‘llanmasiga umumiy holatda sakkiz nafar mahoratli gimnastikachilar yo‘l olgan bo‘lsa, Oksana Chusovitina ikki urinish yakunlariga ko‘ra, final chiptasini qo‘lga kiritdi. Saralash musobaqalaridagi eng yaxshi natijani rossiyalik Anna Kalmikova (13.549) qayd etdi.
Ertaga jahon kubogi ikkinchi bosqichining final musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA