French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport gimnastikasi bo‘yicha yangi nomlar kashf etildi
08:57 / 2026-02-21

Poytaxtimizda sport gimnastikasi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

2011–2012-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘pkurash dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kichik yosh toifasida Abdulloh Ahmadov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Elburs Jo‘rayev hamda Sayfali Xo‘jayev kuchli uchlikdan joy oldi. 2011–2012-yillarda tug‘ilgan sportchilar bellashuvida esa Sanjar Azimovning ustunligi yaqqol sezildi. Vladimir Varebrus hamda Islomxon O‘rinboyev kumush hamda bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Umuman olganda, mazkur chempionat iqtidorli yosh sportchilarni saralash, milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirishda muhim bosqich vazifasini ham o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA