Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport gimnastikachilarimiz jahon kubogida ishtirok etmoqda
11:35 / 2024-02-22

Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichi boshlandi va unda dunyoning 70 davlatidan kelgan 317 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan hafta Misrda tashkil etilgan ilk bosqichdagi tarkib bilan qatnashmoqda. Vakillarimiz bugun saralash bahslarida ishtirok etadi.  

Aniqrog‘i, erkin mashq bajarishda Abdulaziz Mirvaliyev va Humoyun Islomov, tayanib sakrashda Oksana Chusovitina, tayanib sakrash va turli balandlikdagi to‘sinlarda tayanib sakrashda Dildora Aripova hamda turli balandlikdagi to‘sinlarda tayanib sakrashda Odina Robijonova bahs olib boradi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA