English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport, gimnastika va sog‘lom hayot
23:50 / 2025-04-17

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida “Ommaviy sport, sog‘lom turmush tarzi va gimnastika sport turlarining dolzarb muammolari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning pedagogik, ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash dolzarb ahamiyatga ega. Anjumanda universitet rektori Rashid Matkarimov, Osiyo o‘yinlari chempioni, «Shuhrat» medali sohibasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamilya Axmedova va boshqalar shular haqida so‘z yuritdi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzida jismoniy faollik va ommaviy sportning o‘rni, gimnastika sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash tizimi va mavjud muammolar hamda ularning yechimlariga qaratilgan taqdimotlar qilindi.

Yakunda anjumanning faol ishtirokchilari maxsus sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-22879]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA