French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport festivali
13:03 / 2024-03-02

Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan challenge-2024” qishki sport festivali o‘tkazildi. Mazkur tashabbus yoshlarning sog‘ligini mustahkamlash, bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu festival doirasidagi o‘quv-seminar, maxsus treninglar hamda mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi turlari bo‘yicha sport musobaqalarida 140 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlardan 135 nafar sport targ‘ibotchisi qatnashdi.  

Tashkil etilgan ochiq muloqotda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida mart oyi Sport vazirligi tizimida “Sport targ‘ibotchi”larining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” oyligi etib belgilandi.  

Shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari, har ikki haftada bir marotaba dam olish kunlarida “Sport hamma uchun” ko‘ngil ochar sport tadbirlari tashkil etilishi hamda har bir tashkilotning ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejalari ishlab chiqilishi belgilab olindi.

Shundan so‘ng voleybol, mini-futbol, stol tennis bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

A. Musayev, D. Ernazarov (surat, video),

O‘zA muxbirlari