Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida sport festivali o‘tkazildi
19:51 / 2016-10-28

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 14 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 14 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida sport festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan yuksak baholanayotgani qayd etildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashda eng muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotir. Sohani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida shahar va qishloqlarimizda sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda.

6 (1).JPG

Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar va yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ayniqsa, yosh qizlarning sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishiga erishish, murabbiya ayollar, sportchi talaba-qizlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida alohida dasturlar rejasini ishlab chiqqan.

Aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, tibbiy va ijtimoiy ko‘makka muhtojlarning jamiyatda moslashuviga har tomonlama yordam berish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar sportga keng jalb etilib, ularning nafaqat salomatligi yaxshilanmoqda, balki ularda o‘ziga ishonch, qat’iyat, maqsad sari dadil intilish kabi fazilatlar shakllantirilmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Nozimaxon Qayumova, Fotimaxon Amilovaning oltin, Hayitjon Alimova, Sofiya Burhonova, Muslima Odilovaning kumush, Gulruh Rahimova, Tursunposhsha Nurmetova, Shohsanamxon Toshpo‘latovaning bronza medalni qo‘lga kiritgani fikrimizning yorqin dalilidir. Bu mamlakatimizda ijtimoiy-tibbiy holatidan qat’i nazar, barcha bolalarning doimiy e’tibor va ardoqda ekanidan dalolatdir.

Imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga integratsiyalashuviga yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur festival doirasidagi sport musobaqasida Toshkent shahridagi maxsus maktab-internatlar, Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan 12 jamoa – 150 dan oshiq o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

– O‘quvchilarim o‘tgan yili ham mazkur musobaqada qatnashib birinchi o‘rinni egallagan edi, – deydi Shayxontohur tumanidagi 37-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Umida Mahmudova. – Bu yilgi musobaqada jamoamiz o‘zining "Prezident farzandlari" nomli chiqishi bilan ishtirok etdi. Nafaqat bolalar, balki biz, tarbiyachilar sahnadagi musiqaga hamohang tarzda ijro etilgan raqsbop harakatlardan zavq oldik. Bu kabi tanlovlar bolalarga bir olam zavq ulashish bilan birga, ularning salomatligi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Musobaqada Yashnobod tumanidagi 52-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilari g‘olib bo‘ldi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Festivalning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.