Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sport faoliyati: kibersport" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
14:52 / 2022-11-17

Prezident qaroriga muvofiq, Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tuziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab "Sport faoliyati: kibersport" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi. "Uzbekistan Esports Championship"  respublika chempionatida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan kibersportchilar 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab ushbu universitetga bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi.  Ularga maksimal ball beriladi.    

Kibersport faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish belgilandi.  

 

O‘zA