Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport dayjest: Dzyudoda 12 yil kutilgan oltin, MDH o‘yinlarida 106 ta medal va "Navbahor" "Paxtakor" bahsi (+video)
07:52 / 2023-08-15

Hafta davomida sport olamidagi eng muhim voqelik va yangiliklardan xabardor bo‘ling

Yakunlangan hafta sport olamida bir qator yangilik va voqealar sodir bo‘ldi. Xususan, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Superliganing 16-tur uchrashuvlari yakunlandi.

O‘zbekistonlik legioner futbolchilar Eldor Shomurodov hamda Husniddin Aliqulov yangi jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi boshlanganini o‘tgan safargi ko‘rsatuvizda aytib o‘tgandik. Afsuski dayjestimizning ushbu sonigacha bu turnirda o‘z ishtirokini davom ettirayotgan birorta yurtdoshimiz qolmadi. Eng uzoqqa Javohir Sindorov bordi va u ham 1/16 finalida o‘z ishtirokini to‘xtatdi. 

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Vengriya mezbonlik qilayotgan "Masters" turniridagi ishtirokini yakunladi. Budapeshtdagi musobaqalarda Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida g‘alaba qozonib, o‘zbek dzyudosi uchun 12 yil kutilgan oltin medalni taqdim etdi. MOQ rasmiy saytida qayd etilishicha, yilda bir marta o‘tkaziladigan "Masters" musobaqasida so‘nggi marta hamyurtlarimiz orasida Rishod Sobirov 2011 yil g‘alaba qozongan. 

O‘tgan hafta Belarusda II MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqa yakuniga ko‘ra, 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, umumiy hisobda 106 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rindan Rossiya, ikkinchi o‘rindan esa mezbon Belarus vakillari joy oldi. Ozarbayjon va Qozog‘iston terma jamoalari mos ravishda 4 va 5-o‘ringa joylashdi.

Dayjestni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/PjydUhRivPw" title="Sport dayjest: Dzyudoda 12 yil kutilgan oltin, MDH o‘yinlarida 106 ta medal va &quot;Navbahor-Paxtakor&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Farrux Xudoyorov,

Iskandar Ismatov (video), O‘zA