Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 million nafarga yetkaziladi
11:39 / 2024-07-13

Joriy yil yakuniga qadar ommaviy sport tadbirlari orqali yoshlar qamrovini 10 million nafarga yetkazish hamda sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini 26 foizdan 28 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.   

Brifing davomida mamlakatimizda ommaviy sport harakatini yangi bosqichga olib chiqish borasida olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan choralar, xalqaro tajriba asosida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.  

Aytish lozim, yurtimizda aholining jismoniy tayyorgarligini baholash maqsadida 11 ta yosh toifalari bo‘yicha aholidan sport sinovlarini qabul qilish tizimi yanada takomillashtirilib, bu borada alohida elektron platforma ishga tushirilgani ayni muddao bo‘ldi.  

Joriy yil umumta’lim maktablari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalaridan sport sinovlarini qabul qilish jarayoniga start berilishi asnosida bugunga qadar 23 turdagi normativlar bo‘yicha sinovlarni topshirish istagini bildirgan 4,2 million nafar yoshlar elektron ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 3,2 million nafaridan sport sinovlari qabul qilinganki, yil davomida bu harakat tizimli tarzda davom ettirilishi bildirildi.   

Sport maktablaridagi guruhlarni to‘ldirish me’yorlari qayta ko‘rib chiqilib, sport turlarining xususiyati, inshootlarning sig‘imi va sanitariya talablarini inobatga olib, guruhlarga sportchilarni qabul qilishning minimal, optimal va maksimal miqdorlari belgilanishi tahlil etilmoqda.   

Ayni harakatlar natijasida joylardagi sport maktablarida doimiy shug‘ullanuvchilar qamrovi joriy yil boshidagi 370 ming nafardan 570 ming nafarga yetkazildi.   

Ushbu yoshlar sport maktabining maxsus guruhlarida 8 oygacha malakali trenerlar tomonidan bepul shug‘ullantirilib, jismoniy tayyorgarlik darajasi va razryadiga qarab keyingi bosqichga o‘tkazilmoqda.  

Maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoshlar yo‘nalishiga ko‘ra hududlardagi 4 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablari yoki 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul qilinadi.   

Ko‘rilayotgan choralar, amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yil yakuniga qadar sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini 1 million nafarga yetkazish nazarda tutilayotgani ta’kidlandi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA