Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Anvar Anvarov Jenevada sovrindor bo‘ldi
11:40 / 2024-09-22

Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletika sport turining uzunlikka va langarcho‘pga tayanib sakrash yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli “Golden Fly” musobaqasida hamyurtimiz Anvar Anvarov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa bahslari balandligi 147 metrgacha yetadigan Je-do favvorasi yonida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarida 7,87 m. (+0,1 m/s) natija qayd etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda namibiyalik Lionel Kutsi 7,99 metr natija bilan birinchi, bolgariyalik Bojidar Saraboyukov esa 7,96 metrga sakrab ikkinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, sportchimiz joriy yilning 6 sentyabr kuni Zagreb shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 7,99 metrga sakrab, kumush medalga sazovor bo‘lgan edi. Shuningdek, atletimiz mavsumdagi eng yaxshi natijasiga 21 may kuni Gretsiyada o‘tkazilgan “Tsatoumas Street Long Jump ” turnirida erishgan bo‘lib, unda Anvar 8,17 metr uzunlikka sakrashning uddasidan chiqqan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA