French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport akademiyasida yil nominantlari taqdirlandi
11:31 / 2025-12-29

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan akademiya qisqa fursatda yuqori malakaga ega jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini zamon talablaridan kelib chiqib mutlaqo yangi sharoitlarda tayyorlash, yangi avlod sportchilari va trenerlarini yetishtirish orqali xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlarimizni yanada kengaytirish, sohada o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish borasida sezilarli natijalarga erishdi.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat sport akademiyasida yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda erishilgan natijalar sarhisob qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, tegishli tashkilot mutasaddilari, sport faxriylari ishtirok etgan tadbirda akademiya talabalari yil davomida o‘tkazilgan xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda 224 ta medalni qo‘lga kiritgani ta’kidlandi.

Shundan 93 ta xalqaro musobaqalarda 26 oltin, 43 kumush, 24 bronza, mamlakat miqyosidagi 131 ta chempionat va kubok bahslarida 61 oltin, 45 kumush, 25 bronza medallari qo‘lga kiritilgani e’tirof etildi.

Yil davomida yuqori sport natijalari va namunali faoliyati bilan ajralib turgan talaba-sportchilar nominatsiyalar bo‘yicha tegishli sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA