Mamlakatimizda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da qisqa fursatda ushbu ta’lim muassasasi malakali mutaxassislarni tayyorlash, sport sohasidagi xalqaro tajribalarni mamlakatimiz sport hayotiga tatbiq etish borasida sezilarli natijalarga erishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A.Ikromov yetakchiligidagi mutaxassislar akademiya faoliyati bilan tanishuv asnosida yaratilgan imkoniyatlar, dars jarayonlarini ko‘zdan kechirdi hamda talabalar bilan muloqot o‘tkazdi.

Bugungi kunda Axborot-resurs markazi fondida sohaga doir 4 ming 500 nusxadagi adabiyotlar, zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavjudligi ta’kidlanib, sportchilar uchun barcha imkoniyatlarni tashkil etish, yangi adabiyotlar bilan boyitish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston davlat sport akademiyasida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarning natijadorligini oshirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA