Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Spiegel Germaniyaning harbiy megaloyihalarga mablag‘i yetmayotgani haqida ma’lum qildi
09:08 / 2021-05-11

Germaniya bundesverining yirik loyihalari, jumladan yangi FCAS qiruvchi samolyotlarini yaratish masalasi savol ostida qolmoqda. Bunga sabab mazkur loyihalarni moliyalashtirish hali ham tasdiqlanmaganidir, deb yozadi Spiegel onlayn-jurnali Germaniya mudofaa vazirligining maxfiy hujjatiga tayanib.

Ushbu loyihalarning qiymati bir necha milliard yevroga boradi. Gap esa, qurol-yarog‘ bo‘yicha Yevropadagi eng yirik loyiha, ya’ni 100 milliard yevroga baholanayotgan FCAS qiruvchi samolyotlarini yaratishning navbatdagi bosqichi, shuningdek, Germaniya va Fransiya hamkorligida yaratilayotgan tanklar haqida bormoqda.

Norvegiya ishtirokidagi suvosti kemasi loyihasini moliyalashtirish ham ta’minlanmagan, deb yozadi Spiegel.

Bundan tashqari, yangi Boeing P-8A qo‘riqchi samolyoti, harbiy dengiz floti uchun ikkita tanker va xizmat qayiqlarini sotib olish uchun ham mablag‘ ajratilmagan. Qo‘riqchi samolyot yordamida dengizning katta hududi nazorat qilinadi va suvosti kemalari qayerda suzayotgani aniqlanadi, shuningdek ushbu samolyotdan dengiz qaroqchilariga qarshi kurashda ham foydalansa bo‘ladi, deydi muallif.

"Moliyalashtirish bo‘yicha muammolar 2022 yildan keyin byudjet mablag‘lari keskin qisqarishi sababli paydo bo‘ldi", - deyiladi mudofaa vazirligi hujjatida.

Yuqorida qayd etilgan barcha loyihalar iyun oyi so‘nggida Germaniya bundestagi byudjet qo‘mitasiga topshirilishi kerak, shundan keyin qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.