Spektakl o‘quvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida poytaximizning Sirg‘ali tumanidagi 300-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun «Game Over» spektakli namoyish etildi.
— Biz yoshlarning madaniy xordig‘ini tashkil qilish uchun ularni teatrga tez-tez olib kelamiz, - deydi pedagog Hikoyat Rahimova. — Ular o‘zlariga yoqqan mavzudagi spektakllarni ko‘rib, bahra oladi.

Biz haftaning juma kunlari o‘quvchilar bilan spektakllarni muhokama qilamiz, ular o‘z taassurotlarini daftarga yozib boradi. 41 yillik pedagogik faoliyatim davomida bolalarning qiziqishlarini o‘rgandim va “jonli” san’at ularni ko‘proq jalb qilishiga amin bo‘ldim.
San’atkorlarning chiqishlari qizg‘in olqishlar ostida o‘tdi. Ayniqsa, Mario, Alisa, Sonik kabi onlayn-o‘yinlar qahramonlarining chiqishlari o‘quvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

N. Usmonova, O‘zA