Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Spektakl ijobiy baholandi
12:39 / 2023-02-09

Buxoro viloyati musiqali drama teatrida Shekspir asari asosida “Richard III” spektakli sahnalashtirildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli rejissyor va san’at arbobi Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan asar Buxoro viloyati musiqali drama teatrida namoyish etildi. Spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Ahmedov hamda bir guruh hay’at a’zolari tomonidan muhokama etilib, ijobiy baholandi.  

– Ma’lumki, keyingi yillarda o‘zbek teatr san’atini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, yurtimiz teatrlarida badiiy barkamol sahna asarlari sonini oshirish maqsadida xorijiy dramaturgiyaga qo‘l urilmoqda, – deydi Buxoro viloyati musiqali drama teatri adabiy-badiiy bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mohigul Nazarova. – Spektakldagi bosh rol - Richardni teatrning yosh, iste’dodli artisti Baxtiyor Najmiddinov ijro etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ra’no Hoshimova, Saodat G‘ulomova, “Do‘stlik” ordeni sohibi, yetakchi sahna ustasi Rahim Ergashev, “Shuhrat” medali sohibi Anvar Mavlyanov, Dilafro‘z Kenjayeva, Rustam Rahmatov, Zayniddin Karimov, Normurod To‘qsonov hamda boshqalar bosh va yetakchi rollarni ijro etdi. Ommaviy sahnalarda teatrning balet guruhi raqqosalari va vokal artistlari qatnashdi.    

Zarif Komilov, O‘zA