Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SPEKAga a’zo davlatlar ta’minot zanjirida raqamli aloqa mustahkamlanmoqda
14:45 / 2022-11-03

Boku shahrida Yevropa iqtisodiy komissiyasi ko‘magida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Maxsus dasturi (SPEKA)ga a’zo -Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Kaspiy dengizi va Markaziy Osiyo, Yevropa va Sharqiy Osiyo orqali o‘tuvchi turli transport vositalaridan foydalangan holda savdo yo‘nalishida ta’minot zanjiri bo‘yicha ma’lumot almashinuvini raqamlashtirishni yaxshilash masalasini muhokama qildi.  

BMT matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo va YeIK mintaqaning boshqa mamlakatlarida savdo hamda transport sohasida yangi texnologiyadan foydalanishni kuchaytirish borasida tizimli ish olib borilmoqda. “Yagona oyna”, port tizimiga oid amaliyotni muvofiqlashtirish, savdo kelishuvlarini amalga oshirish va transport ma’lumotini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

G. Abdullayeva,

O‘zA