French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SPB TV O‘zbekiston MTRK bilan Rossiya va MDH hududida o‘zbek tilida kontent tarqatish bo‘yicha shartnoma imzoladi
14:51 / 2021-03-04

Imzolangan shartnomaga muvofiq, o‘zbek tilidagi kontent ilk marotaba Rossiya va MDH mamlakatlari TV-platformalarida rasmiy joylashtiriladi.

Barcha qurilmalar, xususan barcha turdagi mobil ekranlar, planshetlar, shaxsiy kompyuterlar va DRM texnologiyalari asosida ishlaydi. SmartTV da HD sifatidagi kontentga ulanish mumkin. Barcha hududlardagi keng auditoriya taxminan 2,5 mln tomoshabinni tashkil etadi. Birinchi bosqichda foydalanuvchi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangiliklar, sport va ko‘ngilochar turdagi 12 ta kanalini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. Tomoshabinlar elektron ko‘rsatuvlar dasturi (EPG), catch-up («videoarxiv») funksiyalari, timeshift («kechiktirilgan tomosha») va onlayn-medianing boshqa imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Reklama e’lonlarini har bir hududda maxsus belgilar bo‘yicha almashtirish texnologiyalari tufayli yorituvchilar auditoriya talablariga javob beradigan reklama roliklarini berishi mumkin. MTRK yoritish tarmog‘i mamlakatning barcha hududlaridagi 14 ta markaziy tele va radiokanallar hamda 14 ta hududiy teleradiokompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Mamlakat va xorijda tun-kun yangiliklarni berib boradigan axborot-tahlil teleradiokanali shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, 2018 yilda MTRK Markaziy Osiyo hududi va butun sobiq ittifoq makonida birinchilardan bo‘lib, o‘ta yuqori aniqlikda ishlaydigan 24 soatlik 4K – Lux TV telekanalini ishga tushirdi. bugungi kunda O‘zbekiston MTRK o‘z faoliyatini jadal rivojlantirmoqda. 2021 yilda O‘zbekiston televideniyesi o‘zining 65 yilligini nishonlaydi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Raisi Alisher Xo‘jayev shunday deydi: «So‘nggi yillarda videokontent mobil qurilmalarga ham tarqaldi. Tobora ko‘pchilik OTT-videoxosting va striming platformalarga o‘tmoqda. Biz chet el sayohatlari, qisqa va uzoq muddatli mehnat safarlari paytida smartfon va planshetlar orqali o‘z televideniyemizni ko‘rish imkoniga ega bo‘lyapmiz. SPB TV kompaniyasi bilan imzolagan shartnomamiz o‘zbek tilidagi kontent uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi: endi biz o‘z loyihalarimiz bilan o‘rtoqlashish, hamfikrlarimiz bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldik».

SPB TV kompaniyasining bosh direktori Kirill Filippov quyidagilarni qayd etdi: «Hamkorimiz bo‘lgan MTRK o‘zbek tilida TV-kontent ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaqo yetakchi hisoblanadi. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 2 mln.dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qilishmoqda. Bu auditoriya uzoq vaqt davomida o‘z ona tilidagi kontentni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lmadi. MTRK bilan tuzilgan shartnoma bu muammoni hal qiladi. Ishonchim komilki, o‘zbek tilidagi sifatli va rang-barang kontent biz uchun yangi istiqbollar eshigini ochadi».