Spartakiada dasturiga kiritilgan voleybol musobaqalaridan fotoreportaj
Poytaxtimizda «Dinamo» jismoniy tarbiya sport jamiyati Respublika kengashining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida XXXIV an’anaviy Spartakiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Spartakiada dasturiga 9 ta sport turi – voleybol, stol tennisi, yengil atletika, xizmat ko‘p kurashi, futbol, o‘q otish, shaxmat, qo‘l jangi, sambo kiritilgan.
Spartakiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad «Dinamo» jamiyati a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport turlarini yanada rivojlantirish, shuningdek harbiy-amaliy va ommaviy sport turlarini ommalashtirishdir.
[gallery-21806]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA