English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SpaceX raketa parvozini startga bir daqiqa qolganda bekor qildi
12:23 / 2023-07-27

Falcon Heavy og‘ir raketasi amerikaning Jupiter 3 yo‘ldoshini koinotga chiqarishi kerak edi. Parvoz payshanba kuniga mo‘ljallangan bo‘lib, start berilishiga bir daqiqa qolganda bekor qilindi, deb xabar tarqatdi SpaceX kompaniyasi.

“Raketa 27 iyulda qaytadan parvozga urinib ko‘radi,  apparat va foydali yuklama yaxshi holatda turibdi”, – deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.  

Xabarda ta’kidlanishicha, koinotga olib chiqilishi kerak bo‘lgan yo‘ldoshning o‘tkazuvchanlik imkoniyati  soniyasiga 500 gigabitni tashkil etadi.  

Parvoz kechiktirilishiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.