Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SpaceX koinotga ilk bor parvoz qiladigan to‘rt kishining nomini e’lon qildi
12:21 / 2021-03-31

Crew Dragon kosmik kemasining tijorat parvozi uchun ekipaj a’zolari aniqlab olindi, uchinchi va to‘rtinchi astronavtlar nomi ham ma’lum bo‘ldi, deyiladi Inspiration4 missiyasi saytida berilgan xabarda.

Fevral boshida SpaceX kompaniyasi yil oxirigacha yangi Crew Dragon kosmik kemasi tarixda ilk bor oddiy odamlardan tashkil topgan astronovtlar guruhi bilan parvozni amalga oshirishini ma’lum qilgan edi. Xabarda aytilishicha, Inspiration4 missiyasini to‘rt nafar koinot sayyohi amalga oshiradi. Ikki nafarining ismlari allaqachon ma’lum edi. Ularning biri tadbirkor, missiya rahbari Jared Isaakman va bort shifokori Xeyli Arsenoks.

Tadqiqotchi Nias Proktor ekipajning uchinchi a’zosi bo‘ldi. 2009 yilda u NASA doirasida kosmik parvozlar uchun saralashda o‘tmagan edi. U missiya rahbarining yordamchisi bo‘ladi. Harbiy havo kuchlarining veterani, Lockheed Martin, korporatsiyasi xodimi Kristofer Sembroski ekipajning to‘rtinchi a’zosi bo‘lib, u bort muhandisi vazifasini bajaradigan bo‘ldi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Crew Dragon kemasining yer orbitasidagi 540 kilometrlik parvozi 2021 yilning 15 sentyabridan keyin amalga oshiriladi va uch kun davom etadi. SpaceX parvozni har 90 daqiqada nazorat qilib turadi. Kema koinotga Floridadagi Kanaveral kosmodromidan start oladi.